Express24 Merchant Platform
3 000+ do‘kon, kafe va restoran buyurtmalarni qabul qilib bajarish uchun ishlatgan B2B platforma. Uni 68% crash-free holatida qabul qildim, har bir yiqilish turini asl sababigacha ochib, ikki oyda 98% ga chiqardim. Buyurtma pollingini WebSocket konveyeriga almashtirdim — endi merchant buyurtmani keyingi so‘rovda emas, sodir bo‘lgan zahoti ko‘radi — va kod bazasini Feature-First Domain-Driven Design’ga ko‘chirdim. Sakkiz oyda texnik yetakchi bo‘ldim: uch injenerni boshqardim, arxitektura, relizlar va CI menda edi.